» » BMT Trampni irqchilikda aybladi

BMT Trampni irqchilikda aybladi


Inson huquqlari bo‘yicha BMT bosh komissari boshqarmasi AQSh prezidenti Donald Trampning “jirkanch mamlakatlar” haqidagi so‘zlarini irqchilik namoyish deb hisoblaydi. Bu haqda boshqarma matbuot kotibi Rupert Kolvill bayonot berdi, deb xabar qiladi “Izvestiya”.

“O‘zlarining jirkanch mamlakatlaridan kelgan bu odamlar bizning mamlakatimizda nima qilib yuribdi?” — degan edi Tramp Afrika mamlakatlari va Gaitidan kelgan muhojirlarni nazarda tutib.

“Agar bu so‘zlar tasdiqlansa, AQSh prezidentining og‘zidan chiqqan bunday izoh hayratlanarli va sharmandalidir. Buni irqchilik deb ta’riflamay iloj yo‘q. Aholisi oq tanli bo‘lmagan butun boshli mamlakatlar va qit’alarni ‘jirkanch yerlar’ deb atash mumkin emas», — dedi Kolvill.

BMT vakili Trampning musulmonlar va meksikaliklarga qarshi fikrlari, shuningdek, Sharlotsvilldagi antisemitlar va irqchilar namoyishlarini xaspo‘shlagani umumdunyoviy qadriyatlarga zid kelishini ta’kidlab o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют