» » Rossiyaning Ryazan viloyatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining ism-familiyalari ma’lum qilindi

Rossiyaning Ryazan viloyatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining ism-familiyalari ma’lum qilindi


Rossiyaning Ryazan viloyatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlanib o‘lgani xabar qilingan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi fojia yuzasidan rasmiy ma’lumot keltirdi.

“Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 11-yanvarga o‘tar kechasi Sheremetyevo qishlog‘ida joylashgan shaxsiy uyda zaharli gaz isidan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilgan”, — deyiladi xabarnomada.

Olamdan o‘tganlar quyidagilardir:

1. Samadov Panji Norsoatovich, 1966-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan, Qiziljar aholi punkti Chortosh ko‘chasida ro‘yxatdan o‘tgan;

2. Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 1966-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan, Voxilxaram qishloq fuqarolar yig‘inida ro‘yxatdan o‘tgan;

3. Mirzojonov Alijon Yuldoshovich, 1969-yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan, Chimyon qishloq fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasida ro‘yxatdan o‘tgan;

4. Xayitov Samat Ilmuratovich, 1981-yilda Navoiy viloyati Zarafshon shahrida tug‘ilgan, 11-kichik nohiya 8-uy, 8-xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Ulfatbibi qishloq fuqarolar yig‘ini, Beshtuvo ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan Saidov Sherxon Muhammadovich (1990-yilda tug‘ilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.

Amaliy yordam berish va masalalarni o‘z o‘rnida hal etish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan jo‘nab ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют