» » 2017-yilda O‘zbekistonda chet el investitsiyalari hajmi 2,4 milliard dollardan oshdi

2017-yilda O‘zbekistonda chet el investitsiyalari hajmi 2,4 milliard dollardan oshdi


O‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 1,4 barobarga o‘sib, 2,4 milliard dollardan oshdi. Investitsiyalarning umumiy hajmida chet el kiritmalari hajmi 20,4 foizga yetdi — 2016-yili bu ko‘rsatkich 15,3 foizni tashkil qilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Biz sinchiklab rejalashtirmay turib har yili investitsion dasturlar ishlab chiqishday eskirgan amaliyotdan, uzoq istiqbolli investitsion g‘oya va vazifalar shakllantirishga yagona konsepsiya bo‘yicha yondashishdan voz kechdik”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

U bundan buyon davlat dasturlari 10–15 yilga mo‘ljallab ishlab chiqilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilgan bo‘lib, u turli manbalardan, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlardan mablag‘ yetkazib beradi.

“Investitsion dastur ishlab chiqishda shu paytga qadar bo‘lgan raqamlar ortidan quvish iqtisodiy muvofiqlik va investitsiyalardan ko‘riladigan manfaatni yuzaki baholar edi”, — ta’kidlab o‘tdi Suxrob Xolmurodov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют