» » 2018-yilda Toshkent viloyatida konteynerlar bilan jihozlangan 47 ta chiqindi to‘plash shoxobchasi quriladi

2018-yilda Toshkent viloyatida konteynerlar bilan jihozlangan 47 ta chiqindi to‘plash shoxobchasi quriladi


Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, chiqindi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish tizimini tubdan takomillashtirish hamda rivojlantirishni yanada kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

“2017-yilda viloyatdagi 21 chiqindixonada 3 million tonnadan ortiq, 32 chiqindini qayta ishlash korxonalari tomonidan 7 million 300 tonna chiqindi qayta ishlash uchun qabul qilindi, — dedi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Turdiyev. — Bundan tashqari, 21 korxona va tashkilot shartnoma asosida 28 ming 378 dona yaroqsiz simobli lampalarni demerkurizatsiya qilish uchun maxsus joylarga yetkazdi. Chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini kelgusida yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish ish samaradorligini yanada oshiradi”.

2017-yilda “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan viloyat tuman va shaharlarida davlat budjeti hisobidan 61 chiqindi to‘plash shoxobchasi qurildi. Joriy yilda yana 47 shoxobcha qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют