» » Toshkent shahrida 11-yanvar kuni xavfsizlik kamari taqmaslik bilan bog‘liq salkam 1000 ta holat qayd etildi

Toshkent shahrida 11-yanvar kuni xavfsizlik kamari taqmaslik bilan bog‘liq salkam 1000 ta holat qayd etildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 11-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 2698 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 21 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 38 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 54 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 30 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 283 ta odam tashish qoidalarini buzish, 187 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 2 ta bo‘ysunmaslik, 949 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 123 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 23:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют