» » Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz yo‘lida ahvol nega o‘zgarmadi? 

Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz yo‘lida ahvol nega o‘zgarmadi? 


“Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz” avtomobil yo‘lidan maqsadli foydalanish uchun mazkur yo‘lda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, bitta yetaklovchi o‘qqa 9 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan avtomobillar harakatlanishi taqiqlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu me’yor viloyat hokimining o‘tgan yil 18-avgustdagi qarorida belgilangan. Lekin bugungi kunda bu holat nazoratga olinmayapti. Mutasaddilar esa mavjud holatga panja orasidan qaramoqda.

Viloyat hokimining qarori qabul qilingandan buyon shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ahvol o‘sha-o‘sha. Qatnov ilgari qanday bo‘lsa, hozir ham shunday davom etmoqda. To‘la vazni 9 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari go‘yo hech qanday taqiq yo‘qdek bemalol harakatlanmoqda.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari esa harakati taqiqlangan transport vositalarini negadir “ko‘rmay qolyapti”. Vaholanki, viloyat hokimining qarori ijrosini ta’minlash viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan.

Aksincha, mazkur qarordan so‘ng yuk tashuvchilar “aylanma yo‘ldan qatnayapmiz” qabilidagi bahonalarni vaj qilib, qum, shag‘al kabi qurilish ashyolarini ikki barobar narxda pullashmoqda.

Xo‘sh, bu nima, qaror ijrosiga bepisandlikmi yoki yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni shu yo‘sinda bajarishga ko‘nikib qolishganmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют