» » Ekspert: Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim bazasiga hujumlar davom ettiriladi

Ekspert: Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim bazasiga hujumlar davom ettiriladi


Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim bazasiga hujumlar davom ettiriladi. Bu haqda Rossiya sharqshunoslik instituti arab va islom tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Boris Dolgov taxmin qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Idlibdagi qurolli guruhlar intizomga qat’iy rioya etadigan harbiy bo‘linmalar emas, shu sababli hujumlarni ular uyushtirgan bo‘lishi mumkin. Biroq, shubhasiz, bu tashqi kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va uchuvchisiz uchish qurilmalari o‘nlab kilometrni bosib o‘tib, bir joyga zarba berishga uringan hujum bo‘ldi”, — dedi Dolgov.

Shu bilan birga, ekspert harbiy obyektlarga hujum Rossiya rasmiylarining Suriyada terrorchilar ustidan g‘alaba qozonilgani haqida bayonotlariga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirdi va kelgusida hujum takrorlanishini istisno etmadi.

6-yanvarga o‘tar kechasi terrorchilarning Xmeymimdagi aviabaza va Tartusdagi ta’minot punktiga uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida amalga oshirgan hujumiga barham berildi. 13 ta qurilmadan bir qismi majburiy qo‘ndirildi, boshqasi urib tushirildi va portlab ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 13) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют