» » Ringga “O‘zbegim” qo‘shig‘i bilan chiqib kelgan Shohjahon Ergashev yengilmas amerikalikni 3-raunddayoq taslim qildi

Ringga “O‘zbegim” qo‘shig‘i bilan chiqib kelgan Shohjahon Ergashev yengilmas amerikalikni 3-raunddayoq taslim qildi


O‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev professional ringdagi ketma-ket 12-g‘alabasini nishonladi. Ahamiyatli tomoni, u nokautga uchratish an’anasini davom ettirdi.

Amerikalik yengilmas bokschi Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqqan Ergashev raqibini 3-raunddayoq texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining ketma-ket zarbalariga Fredrikson turib bera olmadi.

Fredrikson bunga qadar prof boksda 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga erishgandi. 12 ta jangini esa nokaut bilan yakunlagandi. Endilikda karyerasidagi ilk mag‘lubiyatni Shohjahon Ergashevdan qabul qilib oldi.

Ergashev Nyu-Yorkdagi Turning Stone Resort Casino in Verona ringiga boshidagi do‘ppi hamda Sherali Jo‘rayevning “O‘zbegim” qo‘shig‘i sadolari ostida chiqib kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют