» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbek tilini bilmagan odam qanday qilib O‘zbekiston elchisi bo‘lishi mumkin?

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbek tilini bilmagan odam qanday qilib O‘zbekiston elchisi bo‘lishi mumkin?


O‘zbekiston Prezidenti raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi elchixonalar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida  Shavkat Mirziyoyev elchilar ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin, dedi davlat rahbari.

“Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilini mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?

Men shu ma’noda Janubiy Koreyadagi elchimiz Vitaliy Vasilyevich Fenga alohida rahmat aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman. Bu odam shuncha yildan buyon elchilik lavozimida samarali ishlayotgani, Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni jadal rivojlantirayotgani albatta e’tiborga loyiq. Lekin uning xalqimizga juda katta hurmat bildirib, o‘zbek tilida ravon gapirishi barcha elchilarimizga o‘rnak bo‘lishi kerak. O‘zingiz ayting, O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?” — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют