» » Ispaniya Kubogining chorak finaliga yo‘l olgan “Real” va “Barselona”ning navbatdagi raqiblari ma’lum

Ispaniya Kubogining chorak finaliga yo‘l olgan “Real” va “Barselona”ning navbatdagi raqiblari ma’lum


Futbol bo‘yicha Ispaniya Qirollik Kubogining chorak final bellashuvlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan “Barselona” “Espanyol”ga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.

Kubokning amaldagi finalchisi “Alaves”ga La Ligada kuchli uchlikda borayotgan “Valensiya” raqib bo‘ldi. “Alaves” futbolchilari bir yil avval finalga qadar yetib borib, “Barselona”dan 1:3 hisobida yengilgandi.

Madridning “Atletiko” klubi yaqindagina Vinchentso Montella qabul qilib olgan “Sevilya” bilan yarim final uchun raqobatlashadi. “Qirollik klubi” “Real” esa o‘tgan bosqichda “Vilyarreal”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Leganes”ni sinovdan o‘tkazadi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final

17-yanvar, chorshanba

“Leganes” — “Real Madrid”

“Espanyol” — “Barselona”

“Atletiko” — “Sevilya”

“Valensiya” — “Alaves”

Javob berllashuvlari 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют