» » O‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanish uchun bolani nima bilan band qilish mumkin?

O‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanish uchun bolani nima bilan band qilish mumkin?


Tanish vaziyat: ona dam olishni (biroz ishlashni, qahva ichishni) juda xohlaydi, lekin bola unga yopishib oladi va birga o‘ynashni talab qiladi. Biz bolani kattalar ishtirokisiz mashg‘ul qiladigan bir nechta usullarni to‘pladik.

Mayda narsalarni ajratib olish juda foydali, qiziqarli va maroqli. Boshida mashg‘ulotni bola bu mayda va silliq donlarni tatib ko‘rmasligiga ishonch hosil qilish uchun bir-ikki marta u bilan birga bajarib ko‘ring.

Bu usul eshitishni biladigan va yaxshi ko‘radigan bolalarga mos keladi. Agar sizda ertakning rangdor rasmli kitobchasi va audio-treki bo‘lsa yanada yaxshiroq bo‘lar edi. Bu mashg‘ulot sizga o‘z ishlaringiz bilan 20 daqiqagacha shug‘ullanish imkonini beradi.

Xamir haqiqiy yoki tuzli bo‘lishi mumkin. Asosiysi, bu xamir stolga yoki polga tekis qilib yoyilishiga tayyor bo‘ling.

Bolalar buni juda yaxshi ko‘radi – lekin sizning asablaringiz uchun oson bo‘lmaydi. Variant sifatida, har xil kattalikdagi bir nechta plastik idishlar va yog‘och kurakchalar sotib olsangiz ham bo‘ladi.

Bu yerda ba’zi tayyorgarliklar talab qilinadi. Poli oson yuviladigan, devorlariga esa yetish qiyinroq bo‘lgan xonani tanlash lozim bo‘ladi. Polga kleyonka to‘shaladi, uning ustiga bir-ikki varaq vatman qog‘ozi qo‘yiladi (ular skotch yordamida polga yopishtiriladi). Bo‘yoqlarni va bolani qo‘yib, o‘zingiz bemalol ishlaringiz bilan shug‘ullansangiz bo‘ladi.

Bunda siz, keyin biroz vaqtingizni yig‘ishtirishga sarflashga tayyor bo‘lishingiz lozim. Variantlar juda ko‘p: bolani ehtiyotlik bilan hojatxona qog‘oziga o‘rab qo‘yish, kimnidir o‘rash uchun unga hojatxona qog‘ozi o‘ramini berib qo‘yish.

Manba: “Detstrana.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют