» » Abdulaziz Komilov 14—21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi

Abdulaziz Komilov 14—21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 14?21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston—AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют