» » Pentagon AQShning yadroviy strategiyasi hozircha tayyor emasligini ma’lum qildi

Pentagon AQShning yadroviy strategiyasi hozircha tayyor emasligini ma’lum qildi


AQSh Mudofaa vazirligi Amerikaning yangi yadroviy strategiyasi bo‘yicha bir nechta loyihalar mavjudligini, biroq ular hozirda mutlaq tayyor emasligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

“Bizda bir nechta loyihani yozish ustida faol bahs-munozaralar bo‘lib o‘tmoqda. Ammo yadroviy doktrina hozircha yakunlanmadi va oxirgi bosqichda prezident hamda Pentagon rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

12-yanvar kuni The Huffington Post nashri “Yadroviy siyosatning ko‘rinishi” nomli loyihani e’lon qildi. Hujjat 2010-yili Barak Obama ma’muriyati davrida qabul qilingan doktrina o‘rnini egallashi kutilmoqda. Unga ko‘ra, AQSh Rossiya va Xitoyni o‘zining asosiy raqibi sifatida ko‘rishi ma’lum bo‘ldi.

Vashington bu davlatlarga qarshi turish uchun yangi qurollanish tizimlariga, jumladan, kichik quvvatli Trident D5 dengiz ballistik raketalarining yadroviy kallakchasi va eski dasturlarni modernizatsiya qilishga sarmoya kiritishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют