» » Farg‘onaliklar kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun navbat kutishni yaxshi ko‘radimi?

Farg‘onaliklar kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun navbat kutishni yaxshi ko‘radimi?


“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona viloyati filiali uchastkalaridagi turnaqator navbatlar, ortiqcha ovoragarchiliklar mutasaddilarni qiziqtirmaydi, shekilli. Ertalabdan navbatga yozilsangiz, kechga borib to‘lovni amalga oshirishingiz, ba’zan ikki-uch kun qatnashingiz ham mumkin, deya xabar beradi O‘zA.

Soat 11:30 lar chamasi. Farg‘ona shahar gaz ta’minoti uchastkasidamiz. 100 dan ziyod iste’molchi to‘lovni amalga oshirish, hisob-kitob qilish uchun navbat kutmoqda. Bilishimizcha, bu yerda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining to‘rt nafar xodimi hisob-kitob uchun mas’ul etib biriktirilgan.

Farg‘ona shahar gaz ta’minoti uchastkasining texnik xodimi Sayohatxon Oxunjonovaning aytishicha, bunday holatga har kuni duch kelasiz. Kompyuterda o‘tirgan mas’ul xodim bir kunda o‘rtacha 30 nafar iste’molchi bilan ishlashi mumkin. Bu yerga esa har kuni 200 dan ortiq iste’molchi murojaat qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, to‘rt nafar xodimning bunga imkoniyati ham, vaqti ham yetmaydi.

“160-bo‘lib ro‘yxatga yozildim. Endi 27-chi navbat keldi. Bu yerda hamisha shunday. Tabiiy gaz haqini o‘z vaqtida to‘lab qo‘ygani kelsak ham soatlab vaqtimizni yo‘qotamiz. Biz-ku yoshmiz, qariya otaxon va onaxonlarga qiyin-da”, — deydi Muhammadjon Abdullayev.

Xonadoningizdagi tabiiy gaz bo‘yicha hisobni bilish uchun dastlab mijozlar bilan ishlaydigan xonaga kirasiz. Albatta, navbatingiz kelsa... Undan keyin bank shoxobchasida navbat kutasiz. Bu yerda “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat bankining Farg‘ona filiali shaxobchasi faoliyat ko‘rsatib, uch nafar xodimning qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Nahotki bank mutasaddilari bu yerdagi xodimlar sonini ko‘paytirish, to‘lovlarni vaqtida undirish haqida o‘ylamasa?

Ha, bu yerdagi sharoitdan ham e’tirozlar ko‘p. Hisob-kitob bilan shug‘ullanadigan kadrlar kamligi, iste’molchilar uchun hech qanday sharoit yaratilmagani o‘z xohishi bilan pul to‘lashga kelayotganning ham hafsalasini pir qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют