» » Shayx Abdulaziz Mansur: Musulmonlar bir-biriga ko‘makdosh bo‘lishi darkor. Shunda jamiyatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmaydi

Shayx Abdulaziz Mansur: Musulmonlar bir-biriga ko‘makdosh bo‘lishi darkor. Shunda jamiyatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmaydi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2017-yil dekabr oyi boshida Haj haqidagi fatvoni e’lon qildi. Fatvoning mazmun-mohiyati yuzasidan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) diniy idora raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur bilan suhbat uyushtirdi.

Suhbat davomida shayx ba’zilar Hajga borish uchun yillab navbat kutayotgan bir vaqtda boshqalar bir necha marta ziyoratga borishga ulgurgani bilan bog‘liq holatlarga ham to‘xtalib o‘tgan.

Hajga bir marta borish farz, qolganlari nafl ibodatdir. Bir marta Hajga borib, farz ibodatini bajarib kelgan hojilar navbatini o‘zidan keyingi kishilarga bergani ma’qul. Negaki, bu yerda ikki mo‘min farz va nafl ibodatini qarshilashayapti. Agar Haj nafl bo‘lib turgan kishi Haj farz bo‘lib turgan kishiga o‘z navbatini bersa, ana shuning o‘zidan ham katta savob oladi. Chunki u bir farz ibodatga yo‘l ochgan hisoblanadi.

Yana bir jihati musulmonlar bir-biriga ko‘makdosh bo‘lib, biri ikkinchisini qo‘llab bormog‘i darkor. Ana shunda jamiyatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmaydi. Agar ikki musulmon qo‘shnining biri o‘ta boy bo‘lsa, ikkinchisi o‘ta kambag‘al bo‘lsa, bilingki, ularning iymonida nuqsoni bor.

Bordi-yu, Hajga oldin borib kelgan kishi keyingi Hajga atagan mablag‘larini beva-bechoralarga ehson qilsa, saxovatli insonlar safidan joy oladi. Alloh taolo saxiylarning mukofotini tayin qilib: “Mollarini Alloh yo‘lida (ya’ni yaxshilik uchun) sarflab, so‘ngra bergan narsalarini minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigor huzurida ulug‘ ajr (mukofot) bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar” (Baqara surasi, 262-oyat), deb qo‘ygan.

Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekiston musulmonlari idora raisi o‘rinbosari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют