» » AQSh elchisi: O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash masalasida muammolar talay

AQSh elchisi: O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash masalasida muammolar talay


O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida islohotlar boshlangan, biroq hali qilinadigan ishlar talay. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen “Amerika ovozi” teleradiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Intervyu matni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) tomonidan ham e’lon qilindi.

Prezident Mirziyoyev Amerika siyosiy doiralari unga islohotchi deb qarashini istaydi. U ko‘tarayotgan masalalar, nutqlarida ahamiyat qaratayotgan mavzular — misli ko‘rilmagan chiqishlar.

Uning... Konstitutsiya kunidagi nutqini tinglashga bordim. Qiynoqlarga qarshi gapirdi. Bu tarixiy o‘zgarish. Bu islohot. Qora ro‘yxatlarning bekor qilinishi, odamlarning undan chiqarilishi — islohot.

Mirziyoyev u qilayotgan ishlar to‘g‘ri baholanishini istaydi. U boshlayotgan islohotlar tan olinib, quvvatlanishini istaydi. U biladiki, O‘zbekiston uzoq davr salbiy baholangan. Xalq hukumatdan uzoq edi, shuni o‘zgartirmoqchi. U islohotchi sifatida maydonga chiqmoqda.

Prezident Mirziyoyev AQShning iqtisodiy jihatdan faol bo‘lishini xohlaydi, ayniqsa, savdo bobida. Bizning gapimiz shuki, O‘zbekistonda sharoit yaxshilangan sari sarmoyachilar ham ko‘payaveradi. Bizneslarimiz o‘zi boradi…

Ko‘p narsa O‘zbekistonga bog‘liq. Valyuta borasida qilinadigan ishlar ko‘p. Qonun ustuvorligini ta’minlash masalasida ham muammolar talay. Mamlakatdagi mehnat kuchi yuzasidan ham savollar ko‘p. Sarmoyachilar talabiga javob bera oladigan mehnat kuchi bormi? Hajmi va uquvi qanday?

Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kelishini istaydi. Biz bilan yaqin iqtisodiy hamkor bo‘lishni xohlaydi... Mirziyoyev xalqaro hamjamiyat bilan yaqin bo‘lmoqchi, AQSh bilan o‘zaro manfaatlar yo‘lida birga ishlab, hamkorlik qilmoqchi. Bizning ishimiz — mana shu manfaatlarni aniqlab, bosh qotirish va samarali qadamlar tashlash.

Pamela Spratlen, AQShning O‘zbekistondagi elchisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют