» » Atoqli adib Nosir Fozilov 89 yoshida vafot etdi

Atoqli adib Nosir Fozilov 89 yoshida vafot etdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Davlat mukofoti, “Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun” xalqaro mukofoti (Qozog‘iston) sovrindori — yozuvchi, tarjimon va muharrir Nosir Fozilov 13-yanvar kuni 89 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda “XXI asr” gazetasi sayti xabar berdi.

Yozuvchi Nosir Fozilov o‘zbek adabiyotiga XX asrning 50-yillari ikkinchi yarmida kirib kelgan, hozirgacha 70 dan ortiq kitob chop ettirgan. 30 ga yaqini mualliflik asarlari bo‘lib, qolganlari tarjima kitoblardir.

Adib 1929-yil 10-iyunda Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Koriz qishlog‘ida tug‘ilgan. Bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelgani, ham o‘qib, ham ishlagani bois tengdoshlaridan ancha kech, 1949-yili o‘rta maktabni tugatgan. So‘ng Toshkentga kelib, dorilfununga o‘qishga kirgan, 1954-yili oliy ta’limni tamomlagan. “Gulxan”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarda va “Yosh gvardiya”, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlagan.

Adibning birinchi hikoyasi “Lenin uchquni” gazetasida 1953-yili bosilgan bo‘lsa, birinchi kitobi 1959-yili “Irmoq” nomi bilan chop qilingan. So‘ngra “Oqim” (1962), “Robinzonlar” (1964), “Qush qanoti bilan” (1965), “Qorxat” (1968), “Ko‘klam qissalari” (1970), “Diydor”, (1979), “Tanlangan asarlar” 2 jildlik (1983—84), “Bolaligim — poshsholigim” (1989), “Bir otar to‘pponcha” (1995) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqqan.

Nosir Fozilov tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. Abay, Muxtor Avezov, Sobir Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga o‘girgan. Qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa tillardan ham ko‘plab sara asarlarni o‘zbekchalashtirgan.

Yozuvchiga 1985-yili “Shum bolaning nabiralari” kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi, 1986-yili qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi, “Ustozlar davrasida” asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berilgan. 1994-yili Qozog‘iston prezidenti ta’sis etgan “Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun” xalqaro mukofoti sovrindori bo‘lgan. 1990-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoni, 1999-yili “El-yurt hurmati” ordeni, 2011-yili esa “Topdimu yo‘qotmadim” kitobi uchun Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют