» » Shayx Abdulaziz Mansur: Hojilar Hajning sharafini himoya qilmog‘i kerak

Shayx Abdulaziz Mansur: Hojilar Hajning sharafini himoya qilmog‘i kerak


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2017 yil dekabr oyi boshida Haj haqidagi fatvoni e’lon qildi. Fatvoning mazmun-mohiyati yuzasidan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) diniy idora raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur bilan suhbat uyushtirdi.

Suhbat davomida shayx Abdulaziz Mansur hojilar o‘z yurish-turishi bilan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozimligi haqida fikr bildirdi.

Haj — moddiy va ma’naviy ibodat. Hajga boruvchilarni ro‘yxatga olish masalasida axloqi go‘zal, ma’nan yetuk insonlarga e’tibor qaratish zarurligi muhim hodisa. Chunki insonlar hojilarga boshqacha ko‘z bilan qaraydi: ulardan o‘zlariga ibrat bo‘ladigan fazilatlarni qidiradi. Agar o‘sha hislatlarni ko‘rmasa, ulardan ranjiydi va “hojilik ham oson bo‘lib qolibdi”, “puli bor odam borib kelaverar ekan-da”, deya hafsalasi pir bo‘ladi. Ana shu sabab bo‘lib boshqa hojilarning ham el orasidagi obro‘si tushib ketadi.

Fatvoda avvalgi to‘rt arkonini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan, taqvosi, go‘zal axloqi bilan elga o‘rnak bo‘lib hayot kechirayotgan insonlarning ro‘yxatga kiritilishi aytilgani — shariatimiz talabidir. Zero, Haj o‘zidan oldingi to‘rtta ibodatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Hajga borib kelgan kishi Hajning sharafini himoya qilmog‘i kerak. O‘sha muqaddas joylarga qadami yetish nasib qilgan yurtdoshlarimiz, o‘ylaymanki, “O‘tkan kunlar” romanidagi Yusufbek hojini ko‘z oldiga keltirsa, u odamning el-yurt ozodligi, Vatan mustaqilligi yo‘lida qanchalik fidokorlik qilganidan ibrat olsalar ham xato qilmaydi.

Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekiston musulmonlari idora raisi o‘rinbosari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют