» » Amirulla Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga direktor etib tayinlandi

Amirulla Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga direktor etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda maktabning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrug‘iga binoan 2018-yilning 13-yanvaridan Amirulla Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga direktor etib tayinlandi.

Amirulla Abdullayev Ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida ishlagan hamda ilm maskanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan hamda shu kunga qadar boshqarib kelgan Faridon Usmanovning o‘rniga direktor etib tayinlandi.

Abdullayev bakalavr darajasini Guliston davlat universitetida hamda magistr darajasini Xirosima universiteti (Yaponiya)da olgan. Turli yillarda u o‘qituvchilarni xorijiy tillarga tayyorlash bo‘yicha Ukraina, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada o‘quv kurslarida ishtirok etgan va shu bilan birga ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z malakasini ham oshirib borgan.

2002-yildan boshlab u turli oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib, rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2015-yilning sentabr oyidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi menejeri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qayd etish lozimki, 2017-yilda kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, A.Abdullayev rahbarligidagi Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslarining 94 foiz tinglovchilari O‘zbekiston va xorijdagi oliy o‘quv yurtlarining talabalari bo‘lishdi.

Ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.

Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari davlat umumiy o‘rta ta’lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirishadi. Maktabning nizomiga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют