» » Braziliyadagi yirik YTHda 13 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohatlandi

Braziliyadagi yirik YTHda 13 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohatlandi


Braziliyaning Minas-Jerays shtatida ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Todo Noticias portaliga ko‘ra, ikki mikroavtobus, ikki yo‘ltanlamas va qog‘oz ortgan yuk avtomobili to‘qnashdi. Yuzaga kelgan yong‘in tufayli yuk avtomobili alanga oldi.

To‘qnashuv oqibatida Belu-Orizonti shahriga olib boruvchi gavjum shossening ikki yo‘nalishida ham harakat to‘xtatib qo‘yildi.

Shtat qutqaruv xizmatlari jarohatlanganlarning aksariyati holati shifokorlarda xavotir tug‘dirmayotganini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют