» » “Real” ilk bor o‘z uyida “Vilyarreal”dan yengildi va kuchli uchlikka kirishni ham xavf ostida qoldirdi

“Real” ilk bor o‘z uyida “Vilyarreal”dan yengildi va kuchli uchlikka kirishni ham xavf ostida qoldirdi


Madridning “Real” klubida inqiroz davom etadi. La Liganing 19-turida “Vilyarreal”ni qabul qilgan Zinedin Zidan jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bunga qadar “Qirollik klubi” o‘z uyida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bermagandi. Kecha Xavi Kalyexa boshqaruvidagi “sariq suvosti kemasi” tarixda ilk bor “Santyago Bernabeu”dan g‘alaba bilan qaytdi.

Poytaxtning boshqa bir klubi “Atletiko” esa markaziy o‘yinda “Eybar”ni taslim qildi. Bunga qadar eybarliklar so‘nggi yetti turning 6 tasida zafar quchib, o‘z ahvolini ancha o‘nglab olgandi. Diyego Simeone jamoasi esa uning bu yurishiga yakun yasadi.

Shuningdek, sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan “Valensiya” futbolchilari ham navbatdagi 3 ochkoni tantana qildi. Ayni vaqtda valensiyaliklar “Real”dan 8 ochko ilgarilab ketganini qayd etish mumkin. Zidan jamoasi La Liga chempionligini boy bergani deyarli aniq bo‘lib qolyapti. Shu ketishda madridliklar kuchli uchlikka kira olmasliklari ham katta ehtimol.

Ispaniya La Ligasi

19-tur bellashuvlari

12-yanvar, juma

Gol: Kala, 73 (1:0).

13-yanvar, shanba

Gollar: Kristian Stuani, 25-pen (1:0). Maykl Olunga, 57 (2:0). Borxa Garsiya, 64 (3:0). Maykl Olunga, 70 (4:0). Portu, 74 (5:0). Maykl Olunga, 79 (6:0).

Gol: Pablo Fornals, 87 (0:1).

Gol: Kevin Gameyro, 27 (0:1).

Gollar: Gonsalu Gedesh, 37 (0:1). Rodrigo, 64 (0:2). Florin Andone, 88 (1:2).

14-yanvar, yakshanba

“Levante” — “Selta” 16:00

“Alaves” — “Sevilya” 20:15

“Espanyol” — “Atletik” 22:30

“Real Soyedad” — “Barselona” 00:45

15-yanvar, dushanba

“Betis” — “Leganes” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют