» » Amerikaning Spark kompaniyasi 850 ming dollar evaziga ko‘rlarga ko‘rish qobiliyatini qaytaradi

Amerikaning Spark kompaniyasi 850 ming dollar evaziga ko‘rlarga ko‘rish qobiliyatini qaytaradi


“Luksturna” deb nomlanuvchi yangi dori ko‘zi ojizlarga ko‘rish qobiliyatini qaytarishga qodir, deb yozadi Forbes. Bu o‘ziga xos virus sharofati bilan bo‘lib, u bilan birga bemorning ko‘ziga yangi genlar kiritiladi.

O‘tgan hafta yangi dorini ishlab chiqaruvchi Spark Therapeutics kompaniyasi ushbu tibbiy mo‘jiza narxini e’lon qildi: har bir ko‘z uchun 425 ming dollar, ya’ni ko‘pchilik bemorlar uchun umumiy summa 850 ming dollarni tashkil qiladi.

Eskpertlar esa narx yanada balandroq bo‘lishini kutgan edi. Dekabrda Jefferies investitsiya banki u 1 million dollardan arzon bo‘lmasligini prognoz qilgan edi. E’lon qilingan ulgurji narxga ko‘pincha chegirma ko‘zda tutiladi, va dori uchun jismoniy shaxslar emas, asosan sug‘urtachilar yoki davlat muassasalari to‘laydi.

“Luksturna” ko‘rlikning kamyob turini, ikkala ota-onadan RPE65 genining nofunksional shaklidagi mutatsiyani meros qilib olish natijasida paydo bo‘ladigan retinal distrofiyani davolay oladi. Davolash har doim ham ko‘rish qobiliyatining to‘liq tiklanishiga olib kelmaydi, ammo klinik sinovlar natijasida ko‘pchilik bemorlar kam yoritilganlik holatida to‘siqlar orasida avvalgidan ko‘ra sezilarli darajada yaxshiroq mo‘ljal ololgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют