» » 2050-yilga kelib, islom dini AQShda dindorlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqadi

2050-yilga kelib, islom dini AQShda dindorlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqadi


Pew Research tadqiqot kompaniyasi prognoziga ko‘ra, 2050-yilga kelib, AQShda musulmonlar dindorlar soni bo‘yicha nasroniylardan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi, deb yozadi “Kommersant”.

Ayni paytda AQShda keng tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda yahudiylik dini joylashgan, musulmonlar soni esa 3,5 millionga yaqin bo‘lib, bu butun AQSh aholisining taxminan 1 foizi demakdir. 2007-yilda o‘zini musulmon deb atagan AQSh fuqarolari soni 2,4 million bo‘lgan. O‘sish shunday sur’atda davom etsa, 2050-yilga kelib, ular yahudiylardan ham ko‘payib ketadi.

AQShdagi musulmonlar soni 8,1 million kishi yoki umumiy aholining 2,1 foiziga teng bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Yahudiy aholi ulushi esa barqaror bo‘lib, hozirda qariyb 1,9 foizga teng. AQShda nasroniy aholi soni 2050-yilda 261 million kishiga yetishi kutilmoqda.

AQShda musulmon aholi sonining o‘sish sur’ati yuqori ekanligini Pew Research ekspertlari islom dini vakillari orasida tug‘ilish darajasi va AQShga musulmonlar immigratsiyasi darajasi yuqori ekanligi bilan izohlamoqda. Hozirdanoq islomga e’tiqod qiluvchi AQSh fuqarolarining 75 foizi muhojirlar yoki muhojirlar oilasi a’zolari hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют