» » Arda Turan “Barselona” bilan 2,5 yilga xayrlashdi va “Istanbul Boshoqshehir” klubiga borib qo‘shildi

Arda Turan “Barselona” bilan 2,5 yilga xayrlashdi va “Istanbul Boshoqshehir” klubiga borib qo‘shildi


Turkiyalik futbolchi Arda Turan turk klubi uchun 2,5 yilga ijaraga berildi. Bu ma’lumotni “Barselona” matbuot xizmati tasdiqladi.

Turan shu mavsum so‘ngiga qadar “Istanbul Boshoqshehir” safida to‘p suradi va yana 2 ta to‘liq mavsumni shu klubda o‘tkazadi. Ijara shartnomasi o‘z ichiga qanday bandlarni olgani ma’lum emas.

Turan 2015-yil yozida kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolab, “Atletiko” safidan “Barselona”ga yetib kelgandi. Biroq debyutini u salkam yarim yil kutishiga to‘g‘ri keldi. FIFA “Barselona”ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygani uchun, Turan faqatgina 2016-yil yanvaridagina katta futbolga qaytdi.

O‘tgan davr mobaynida Turan kataloniyaliklar bilan 6 ta musobaqada g‘olib chiqishga ulgurdi. Biroq ayni paytda uning xizmatlari Ernesto Valverde jamoasi uchun u qadar shart emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 10) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют