» » Falastinni ozod qilish tashkiloti Quddus maqomi bo‘yicha BMT konferensiyasini o‘tkazishga chaqirdi

Falastinni ozod qilish tashkiloti Quddus maqomi bo‘yicha BMT konferensiyasini o‘tkazishga chaqirdi


Falastinni ozod qilish tashkiloti ijro qo‘mitasi Sharqiy Quddus poytaxti bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tashkil etish uchun BMT boshchiligida xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda 13-yanvar, shanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Tashkilot bayonotiga ko‘ra, bunda Falastin davlati 1967-yilning 4-iyunida amal qilgan chegaralarda e’lon qilinishi lozim.

Bundan tashqari, konferensiya, BMT rezolyutsiyalariga muvofiq falastinlik qochoqlar va Isroil qamoqxonalaridagi mahbuslarga daxldor masalalarning yechimini ta’minlashi kerak bo‘ladi.

O‘tgan yilning dekabr oyi boshida Falastinni ozod qilish tashkiloti ijro qo‘mitasi bosh kotibi Saib Arikat AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qarori uning eng katta xatosi bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют