» » Samvel Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini “Spartak” muxlislariga aytib berdi

Samvel Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini “Spartak” muxlislariga aytib berdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Moskvaning “Spartak” klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Xabarda aytilishicha, Babayan bejizga “Spartak”ning Dubaydagi mashg‘ulotlarini kuzatib bormayapti. U bosh murabbiy Massimo Karreraning ish uslubini o‘rganmoqda. Bunda sodiq yordamchisi Grigoriy Kolosovskiy Babayanga ko‘maklashmoqda.

Biz Rossiyadagi Jahon Chempionatida o‘ynashimiz mumkin edi. Bizni undan faqatgina 1 ta gol ajratib qoldi, xolos. Biz o‘sha golni koreyaliklar darvozasiga urishga urindik. Biroq o‘yinda hisob ochilmadi. Nima ham qilardik, endi o‘qishni davom ettirish va murabbiylikdagi bilimlarni oshirish uchun imkoniyat bor.

Samvel Babayan, mutaxassis

“Spartak” matbuot xizmatining qayd etishicha, Babayan o‘zbekistonliklar mundialdan chetda qolgani haqida aytayotgan vaqtida xo‘rsinib qo‘ygan.

Murabbiy fikriga ko‘ra, “Spartak” Rossiyaning amaldagi chempioni va mamlakatning eng oldi jamoasi. Babayan shuning uchun ham tajriba o‘rganish uchun aynan Moskva klubini tanlab olgan. Qolaversa, Massimo Karreraning italiyalik ekani esa butun dunyoga mashhur o‘yin uslubi haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish uchun kerak bo‘larkan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют