» » Namanganda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlandi

Namanganda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlandi


Namanganda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Endilikda tibbiy ko‘riklar shunchaki, nomiga emas, chuqurlashtirilgan tartibda, uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Unga yangi yilning dastlabki haftasidan barcha shahar va tumanlarda izchil kirishildi. Aholi faol ishtirokini ta’minlashda hokimliklar, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari tibbiyot xodimlari bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur tadbirga viloyatning eng tajribali va malakali shifokorlaridan tarkib topgan brigadalar safarbar etilgan.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar bosqichma bosqich olib boriladi. Birinchi bo‘lib viloyatdagi tug‘ish yoshidagi ayollar salomatligi 9 ta tor soha mutaxassislari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Kasallik aniqlanganlari zudlik bilan sog‘lomlashtirish tadbirlariga jalb qilinadi. Shu maqsadda viloyatda fertil yoshdagi ayollarning ma’lumotlar bazasi yaratildi.

Tibbiy jarayonga Namangan shahrida ham puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 102 ta mahallada yashovchi tug‘ish yoshidagi ayollar to‘liq ro‘yxatga olindi. 154 ming nafardan ziyod ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka chaqiriladi. Ularga bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida 13 ta tibbiy ko‘rik brigadalari xizmat ko‘rsatadi.

Viloyatda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikning dastlabki bosqichida onalar va bolalar salomatligi tekshiruvdan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, keyinchalik maktab va kollej o‘quvchilari, talabalar, aholining barcha qatlamlari qamrab olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют