» » KXDR milliy birlashuvni xohlamoqda

KXDR milliy birlashuvni xohlamoqda


Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetada chop etilgan rasmiy maqolada ko‘p yillardan buyon birinchi marta milliy birlashuv haqida so‘z yuritildi, deb xabar beradi “RBK”.

Janubiy Koreya bilan muzokaralar boshlanishi munosabati bilan mamlakatning bosh bosma organida maqolalarning ohangi o‘zgarib qoldi. Buni “Milliy birlashuvning yorqin yulduzi” deb nomlangan maqolada ko‘rish mumkin. Maqola muallifi — sobiq yetakchi Kim Chen Irning o‘rtancha o‘g‘li Kim Chen Chxol.

Oldingi jangovar ruhdagi maqolalardan farqli ravishda, bu materialda mavjud murakkabliklarga qaramay, ikki Koreya albatta birlashishi ta’kidlanadi. Kim Chen In kelishmovchiliklar asriga barham berib, birlashuv asrini boshlamoqchi ekanligi uqtiriladi.

“Shimol va Janub uchun yuzma-yuz o‘tirib, ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun samimiy suhbat qurish vaqti keldi”, — ta’kidlanadi maqolada.

Ikki mamlakatning oldida turgan birlamchi vazifa yarim orolda tinchlik muhitini yaratish ekanligi alohida qayd qilib o‘tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 8) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют