» » Erinchoqlar uchun 5 daqiqalik mashqlar (video)

Erinchoqlar uchun 5 daqiqalik mashqlar (video)


Bu tez bajariladigan mashqlar tanadagi hamma mushaklarni harakatga keltiradi, qonni yurishtiradi va quvvat beradi.

Tananing bukiluvchi mushaklari va son mushaklari ishlaydi.

Qorin bilan yoting, oyoq va qo‘llaringizni baravariga ko‘taring. 15–20 marta bajaring.

Qorin mushaklari ishlaydi.

Chalqancha yoting, oyoqlarni to‘g‘ri tuting, qo‘llarni boshingiz ustiga uzating. Avval qo‘llaringizni ko‘taring, keyin gavdani. O‘tiring, qo‘llaringizni oyoqning uchiga tegizing, keyin yana chalqancha yoting va qo‘llaringizni boshingiz uzra uzating. 10–15 marta takrorlang.

Qorin va belni bukuvchi mushaklar ishlaydi.

Chalqancha yoting, qo‘llarni tana bo‘ylab joylashtiring, oyoqlarni yerdan 45 darajali burchak ostida ko‘taring. Oyoqlarni buking va tosni yerdan sal uzgan holda tizzalarni ko‘krakka tomon torting. Boshlang‘ich holatga qayting. 10–15 marta takrorlang.

Son mushaklari ishlaydi.

Qorin bilan yoting, boshni oldingizga bukilgan qo‘llarga qo‘ying. Oyoqni to‘g‘rilab ko‘taring va unchalik katta bo‘lmagan amplitudada prujinasimon harakatlar qiling. Har bir oyoqda 20 martadan bajaring.

Yelka mushaklari ishlaydi.

Mashqlarni ertalab badantarbiya sifatida yoki kun davomida bajarishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 06:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют