» » BAAda jinoyat joyidan olingan foto va videolarni internetda e’lon qilgan shaxs hibsga olindi

BAAda jinoyat joyidan olingan foto va videolarni internetda e’lon qilgan shaxs hibsga olindi


Birlashgan Arab Amirliklarining Ajman amirligida ikki yigitning katta yo‘lda erkaklar tomonidan qilich bilan o‘ldirilishi voqeasi davom etdi, deb yozadi UAE Inside. Bu safar Ajman politsiyasi ko‘rfaz mamlakatlaridan birining fuqarosini ikki yigit o‘ldirilgan jinoyat joyidan olingan foto va videolarni internetda e’lon qilgani uchun hibsga oldi.

Erkakka nisbatan “shaxsiy hayotning daxlsizligini buzish” ayblovi ilgari surildi.

Gumonlanuvchi foto va videolarni politsiyaga ko‘rsatmoqchi bo‘lganini aytmoqda.

Kiberjinoyat haqidagi BAA qonuniga ko‘ra, boshqa odamning fotosurati yoki videosini uning ruxsatisiz internetga joylagan har qanday shaxs kamida olti oylik qamoq va 150 ming dirham jarima bilan jazolanadi. Qonun orqali uchinchi shaxslarni ularni ogohlantirmasdan turib suratga tushirish ham taqiqlanadi.

Avvalroq Ajmanda giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi uch nafar erkak trassada ikki kishini qilich orqali o‘ldirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют