» » Gollivudda BAA bosh vaziri Shayx Muhammad Al Maktum haqida film suratga olishmoqchi

Gollivudda BAA bosh vaziri Shayx Muhammad Al Maktum haqida film suratga olishmoqchi


Polsha ishlab chiqarish kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Al Maktum haqida Gollivud filmini ishlamoqchi, deb yozadi UAE Inside.

Film haqida ma’lum bo‘lgan narsa shuki, unda bosh rolni ko‘zi ojiz yosh qiz ijro etadi.

Polshaning Castillo Films kompaniyasi bosh direktori va raisi Masuad Xon aytishicha, filmning budjeti 150 million dollarga teng bo‘ladi. “Biz bosh rolni o‘ynashga aktrisa Emma Uotsonni taklif qilmoqchimiz. Film hech qanday din yoki millatga tegishlilikka asoslanmagan umumiy voqea haqida hikoya qiladi”, — dedi u. Ayni paytda mashhur shaxslar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Rejissorlikka Tom Xuper (“Qirol nutqi” filmi rejissori), Buz Lurmann (“Buyuk Getsbi”) yoki Volfgang Peterson (“Troya”) variantlari ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют