» » AQSh qurolli kuchlari KXDRga qarshi jangovar harakatlar boshlanishi ehtimoli yuzasidan tayyorgarlikni kuchaytirdi

AQSh qurolli kuchlari KXDRga qarshi jangovar harakatlar boshlanishi ehtimoli yuzasidan tayyorgarlikni kuchaytirdi


AQSh qurolli kuchlari KXDRga qarshi jangovar harakatlar boshlanishi ehtimoli yuzasidan o‘z shaxsiy tarkibining tayyorgarligini kuchaytirdi va mashqlar intensivligini oshirdi, deb yozadi “TASS”.

The New York Times xabariga ko‘ra, so‘nggi oylarda AQSh harbiy bazalarida bir yo‘la bir nechta harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan, ularni gazeta qurolli kuchlarning Koreya yarim oroli atrofidagi keskinlikning o‘sishiga nisbatan reaksiyasi bilan bog‘lamoqda.

Gazeta qayd etishicha, AQSh harbiy qo‘mondonlari uchun ehtimoliy harbiy nizo yuzasidan jangovar ssenariylar tuzish va mashq qilish oddiy hol hisoblanadi. Ammo oxirgi mashqlar va mashg‘ulotlar, ularning ko‘lami va intensivligi AQSh qurolli kuchlari haqiqatan ham Koreya yarim orolidagi vaziyat tus olishi mumkin bo‘lgan turli holatlarga, shu jumladan, harbiy variantga tayyor turishni istashidan darak beradi.

Nashrga Pentagonning sobiq va amaldagi mansabdorlaridan bir necha o‘n nafari ma’lum qilishicha, muassasa rahbari Jeyms Mettis “Koreya yarim orolidagi har qanday ehtimoliy harbiy harakatlarga shay bo‘lish” zarurligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют