» » Farg‘onada “Ummul-quro” masjidi ta’mirdan chiqarildi (foto)

Farg‘onada “Ummul-quro” masjidi ta’mirdan chiqarildi (foto)


2018-yilning dastlabki kunlarida Farg‘ona shahrining Yormazor mahallasida joylashgan “Ummul-quro” masjidi milliy va zamonaviy uyg‘unliklikni mujassam etgan ko‘rinishda ta’mirdan chiqarildi, deb yozadi “Fargonaziyo.uz”.

Ayni vaqtda Farg‘ona viloyatida 198 ta masjid faoliyat olib bormoqda. Masjidlar kundan-kun yangicha qiyofa kashf etib, ibodatga keluvchilarga ma’naviy halovat baxsh etayotir, deyiladi xabarda.

– Masjidga kirgan odam dunyoni, g‘am-g‘ussani unutadi. Bu joydan halovat va tarbiya oladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, yer yuzidagi eng tinch joy – bu masjid desak mubolag‘a bo‘lmaydi, – deydi Farg‘ona shahridagi “Ummul-quro” masjidi hamda viloyat bosh imom-xatibi T.Erbo‘tayev.

Nashr eslatishicha, avval mamlakat mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida viloyatdagi 8 ta masjidda zamonaviy loyiha asosida qurilish ishlari boshlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют