» » Isroilning Channel 9 telekanalida O‘zbekiston turizm salohiyati haqidagi ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi

Isroilning Channel 9 telekanalida O‘zbekiston turizm salohiyati haqidagi ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi


Tashqi ishlar vazirligi, adliya vazirligi va turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamkorlikda Isroilning Channel 9 telekanali vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mazkur tashrif mobaynida telekanal xodimlari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatildi. Hozirda isroillik jurnalistlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, milliy taomlari, musiqasi, amaliy san’ati haqida qator ko‘rsatuvlar tayyorlamoqda.

Telekanal ijodiy xodimlari Buxoro, Samarqand va Toshkentda suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.

Channel 9 rus tilida Isroil, AQSh, Kanada, Germaniya, Avstraliya, shuningdek Boltiq bo‘yi va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga translyatsiya qilinadi. Isroildagi rus tilida so‘zlashuvchi aholining 82 foizi kanalning doimiy tomoshabini hisoblanadi. Telekanal auditoriyasi Isroilda ikki million kishidan, xorijda esa 6 million kishidan ko‘proqni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют