» » Mahmud Abbos Sharqiy Quddus faqat Falastin poytaxti bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Mahmud Abbos Sharqiy Quddus faqat Falastin poytaxti bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi


Falastin yetakchisi Mahmud Abbos 14-yanvar, yakshanba kuni Ramallada Falastinni ozod qilish tashkiloti Markaziy kengashining favqulodda majlisida chiqish qildi. U o‘z nutqida Sharqiy Quddus faqat Falastin davlatining poytaxti bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bu bizning shahrimiz va bizning yerimiz, biz uni tark etmaymiz”, — dedi Abbos. Uning so‘zlariga qaraganda, falastinliklar hozirda o‘z tarixidagi muhim bosqichni boshdan kechirmoqda. “Biz biror bir tomonning amriga bo‘ysunmaymiz va o‘tmish xatosini takrorlamaymiz, — deya ta’kidladi Abbos. — Amerikaliklar so‘z yuritayotgan hech qanday ‘asr bitimi’ amalga oshmaydi”.

U Vashington tomonidan Falastin xalqiga bildirilayotgan tahdidlarni “sharmandali” deb atadi, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining avtonom ma’muriyatga moliyaviy yordamni to‘xtatish haqidagi rejalarini keskin tanqid qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют