» » Islom Karimov shaxsiy shifokorining “Nega bizda valyuta konvertatsiyasi yo‘q?” degan savoliga qanday javob bergan?

Islom Karimov shaxsiy shifokorining “Nega bizda valyuta konvertatsiyasi yo‘q?” degan savoliga qanday javob bergan?


O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) muxbiri Prezidentning shaxsiy shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professori, Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazi direktori Vyacheslav Avakov bilan suhbatlashdi.

Avakovning so‘zlariga ko‘ra, u bir safar nega O‘zbekistonda konvertatsiya yo‘qligi haqida Birinchi Prezidentga savol bergan va uning javobidan “lol qolgan”.

So‘nggi o‘n yilda biz nafaqat Prezident va shifokor sifatida, balki do‘st, aka-uka sifatida muloqot qilardik. Ba’zan xalqning hayoti, yashash tarzi, ahvoli, kayfiyati haqida so‘rar, men u kishiga “Bir marta do‘konlarimizni borib ko‘ring, hamma narsa bor. Shahar va qishloqlarimizni ko‘ring” derdim.

Bir safar “Islom Abdug‘aniyevich, nega bizda konvertatsiya yo‘q? Axir boshqa davlatlarda bor-ku!” deb savol berdim. U shunday oddiy va aniq javob berdi-ki, lol qoldim.

O‘shanda “Bilasanmi, bir kun kelib konvertatsiya ham bo‘ladi. Hozir bizning iqtisodiyotimizda muammolar ko‘p. Zavod-fabrikalar qurishimiz kerak. Uning uchun eng zamonaviy uskunalar kerak. Uskunalar esa chetdan valyutada keltiriladi. Agar konvertatsiyani yo‘lga qo‘ysak, biz valyutani maishiy, mayda-chuyda narsalarga ishlatib yuboramiz. Biz valyutani zavod va fabrikalarga sarflashimiz va iqtisodiyotimizni ko‘tarib olishimiz kerak” degandi.

Islom Karimov oqilona va uzoqni o‘ylab ish yuritadigan buyuk inson edi. Mamlakatimizni eng og‘ir damlarda ham oyoqqa turib olishida, iqtisodiyotimizning rivojlanishida, xalqning tinch-osoyishta va farovon hayot kechirishida Birinchi Prezidentimizning hissasi katta.

Vyacheslav Avakov, Islom Karimovning shaxsiy shifokori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют