» » Pxenyan Vashingtonni Koreyalar o‘rtasidagi muzokarani buzishga urinishda aybladi

Pxenyan Vashingtonni Koreyalar o‘rtasidagi muzokarani buzishga urinishda aybladi


KXDR AQShni Koreyalar o‘rtasidagi yo‘lga tushayotgan aloqalarga xalal berishga urinishlarda aybladi. Tegishli material 15-yanvar, dushanba kuni “Nodon sinmun” gazetasi tomonidan chop etildi, deb yozadi “TASS”.

Nashr Vashington Koreya yarimoroli hududiga o‘z strategik harbiy aktivlarini joylashtirishga tayyorlanayotganligini ta’kidlaydi. “AQSh Shimol yadro va raketa dasturlaridan voz kechmaguncha sanksiyalar va bosimni susaytirmaslik haqidagi va’dasini takrorlamoqda. Shu tariqa u yarashuv muhitiga zarba bermoqda”, — ta’kidlaydi gazeta.

“Nodon Sinmun”ning ogohlantirishicha, KXDR rahbariyati kerakli vaqtda Vashingtonga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan turli imkoniyatlarga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют