» » Afrikadagi konda dunyoda kattaligi bo‘yicha 5-o‘rinda turadigan olmos topildi

Afrikadagi konda dunyoda kattaligi bo‘yicha 5-o‘rinda turadigan olmos topildi


Dunyodagi eng katta olmoslardan biri Afrikaning Lesoto qirolligida joylashgan Letseng konidan topildi. Qimmatbaho toshning og‘irligi 910 qirotni tashkil etadi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Rangsiz tosh lla tipiga mansub, ya’ni uning tarkibida azot va bor mavjud emas; bu kabi olmoslar dunyoda mavjud olmoslarning 1 foizdan kamrog‘ini tashkil etadi. Ushbu olmos o‘lchami jihatidan shu kunga qadar topilgan olmoslar ichida beshinchi o‘rinda turadi.

2006-yilda Letseng konidan dunyodagi eng yirik 20 ta oq olmosning to‘rttasi topilgan bo‘lib, ularning kattasi 603 qirotga teng edi.

Konga egalik qiluvchi Gem Diamonds kompaniyasi hozircha topilgan ushbu olmosni nima qilishini aytmadi va uning potensial narxini baholashga harakat ham qilmayapti. Kanadaning Lucara Diamond kompaniyasi o‘tgan yili 1100 qiroq og‘irlikka teng Lesedi la Rona olmosini 53 million dollarga sotgan edi.

Jahon rekordi Kullinan olmosi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, uning og‘irligi 3106 qirotga teng bo‘lgan. U 1905-yilda JARda topilgan. Hech qachon savdoga qo‘yilmagan olmosning narxi 2 milliardga teng. Kullinan Buyuk Britaniya qiroli Eduard VII ga sovg‘a qilingan va to‘qqizta yirik hamda 96 ta mayda brilliantlarga bo‘lingan. Ularning eng yirigi britan qirolligi tojidan o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 10) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют