» » Ford elektromobillarga 11 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Ford elektromobillarga 11 mlrd dollar investitsiya kiritadi


Amerikaning Ford Motor Co. avtokonserni 2022-yilgacha elektromobillatga kiritadigan investitsiya miqdorini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqda Ford direktorlar kengashi raisi Bill Fordning so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur muddatga kelib kompaniya 40 ta gibrid va to‘laqonli ravishda elektrlashgan avtomobillarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ulardan 16 tasi mutlaq elektrlashgan bo‘ladi.

“Investitsiya hajmi avval e’lon qilingan summadan 4,5 milliard dollarga ko‘proq”, — deydi Ford vakillari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda kompaniya yangi mahsulot va xizmatlarni tadqiq qilishga 7,3 milliard dollar sarflagan. Undan avvalgi ikki yil mobaynida kompaniya mazkur maqsadlar uchun 6,7 milliard dollar mablag‘ ishlatgan.

Ford avtokonserniga 1903-yilda asos solingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют