» » AQSh Kongressi a’zosi Trampni Kim Chen In bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga chaqirdi

AQSh Kongressi a’zosi Trampni Kim Chen In bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga kirishishi lozim. Kongress vakillar palatasining Gavayi shtatidan a’zosi, demokrat Tulsi Gabbard CNN telekanali efirida shunday taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi “TASS”. 

“Trampni Shimoliy Koreya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish, Kim Chen In bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga chaqiraman. Bu Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantirish va Pxenyan yuzaga keltirayotgan tahdidni bartaraf etish uchun zarur. Shunisi ham borki, muzokaralar hech qanday dastlabki shartlarsiz o‘tkazilishi lozim”, — ta’kidladi kongressmen.

Gabbardga ko‘ra, Pxenyan “AQSh KXDR tuzumini ag‘darishiga qarshi yagona chora deb bilgani uchun yadro qurolini ishlab chiqdi va unga mahkam yopishib oldi”. 

“Bu o‘nlab yillardan beri amalga oshirib kelayotgan butun dunyoda tuzumlarni almashtirish siyosatimizning natijasi”, — dedi Tulsi Gabbard.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Kim Chen bilan “yaxshi munosabatlari” haqidagi da’vo yolg‘on ekanligini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют