» » Chimkentdagi to‘yga pishirilgan “saroy-tort” ko‘pchilikni hayratda qoldirdi (video+foto)

Chimkentdagi to‘yga pishirilgan “saroy-tort” ko‘pchilikni hayratda qoldirdi (video+foto)


Qandolatchilik san’ati bo‘yicha Rossiya chempioni Renat Agzamov saroy ko‘rinishida pishirilgan to‘y tortining suratini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, tort Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbir uchun pishirilgan, deb xabar berdi “Today.kz”.

“Eng qiyin xalqaro loyihalardan birini amalga oshirdik. Tortning diametri 3 metrni, balandligi aravacha bilan 4,2 metrni tashkil etadi. Og‘irligi esa 1500 kilogrammga teng. Bu kabi o‘lchamga ega mahsulotni boshqa bir davlatga olib kelish juda mushkul. Biroq biz buning uddasidan chiqdik, chunki bizning jamoamiz dunyodagi eng kuchli professionallardan tashkil topgan. Uni tayyorlash uchun uch sutka tinimsiz mehnat qildik. O‘z jamoamga minnatdorchilik bildirib qolaman. Eng muhimi — yoshlarga baxt va farovon hayot tilaymiz”, — deb yozadi qandolatchi.

Surat ostiga yozilga izohlarga ko‘ra, uning narxi 180 ming dollar turadi. Biroq bunga hech kim tushintirish bermadi. Qandolatchining prays-listidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, uning tortini bir kilogrammi 14,5 ming tenge turadi (44 dollar). “Saroy-tort”ning og‘irligi hisobga olinadigan bo‘lsa, uning narxi 63 ming dollarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют