» » 1-yanvardan boshlab sayyohlar O‘zbekiston aeroportlaridan chiqishga 4 barobar kam vaqt sarflamoqda

1-yanvardan boshlab sayyohlar O‘zbekiston aeroportlaridan chiqishga 4 barobar kam vaqt sarflamoqda


15-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov mamlakat aeroportlarida sayyohlar uchun amalga oshirilayotgan qulayliklar haqida so‘zlab berdi.

Bizning aeroportlarda ko‘plab xizmatlar tashkil etilmagan. Kelgan mehmonlarimiz uchun aeroportlarda internetga ulanish, shu yerning o‘zida sayyohlar uchun xarita, sim-kartalarni sotib olish imkoniyati, bizning kompaniyalarimiz tomonidan taklif etilayotgan turlar, O‘zbekistonda bo‘layotgan turli madaniy tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas. Shu masalalar hozirda yechila boshlandi. Toshkent, Samarqand va boshqa aeroportlarda bizning maxsus axborot markazlarimiz o‘rnatildi. Mobil aloqa operatorlari bilan, turk kompaniyalari bilan kelishuv amalga oshirildi. Biz qisqa muddatda, yagona standartda aeroportlarda xizmatlarni joy-joyiga qo‘yamiz.

Hozir yana ko‘plab e’tirozlar tushayotgan masala: aeroportdan chiqqanda taksichilar qo‘polroq muomalada bo‘ladi. Bu masala bo‘yicha ham biz aeroport rahbariyati bilan kelishib oldik. Qisqa muddatda u yerda ham tartib o‘rnatiladi.

Milliy aviakompaniyamiz juda katta ishlarni olib bordi va 1-yanvarda qizil va yashil yo‘lakchalar o‘rnatildi. Oldin turistlarimiz aeroportlarda 1,5 soat vaqt yo‘qotardi. Hozirgi bizning o‘lchamlarimizga ko‘ra, sayyohlarimiz barcha jarayonlar (chegara, bojxona)dan 21 daqiqada o‘tib, shaharga chiqish imkoniyatiga ega.

Aziz Abduhakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют