» » Sun’iy intellekt o‘qilgan matnni tushunish bo‘yicha ilk marta insondan o‘zib ketdi

Sun’iy intellekt o‘qilgan matnni tushunish bo‘yicha ilk marta insondan o‘zib ketdi


Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi o‘qilgan matnni tushunish testida insonga nisbatan yuqori natija ko‘rsatgan sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.

AQShning Stenford universiteti tomonidan joriy etilgan test mashinaning o‘qilgan materialni tushunishini baholashning eng ishonchli usullaridan biri hisoblanadi.

Test Vikipediya onlayn ensiklopediyasidan olingan 500 ta maqola asosidagi 100 mingdan ortiq savolni o‘z ichiga oladi.

U sun’iy intellekt berilgan savolga qanchalik aniq javob bera olishini aniqlashga yordam beradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellektning ko‘rsatkichi 82,4 foizni, u bilan raqobatga kirishgan insonning ko‘rsatkichi esa 82,3 foizni tashkil etdi.

Alibaba vakillarining aytishicha, bu sun’iy intellekt inson aqlidan o‘zib ketishi bilan bog‘liq birinchi holat hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют