» » Aziz Abduhakimov: Malayziya va indoneziyaliklar Hajdan oldin O‘zbekistonga kelishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys tashkil etiladi

Aziz Abduhakimov: Malayziya va indoneziyaliklar Hajdan oldin O‘zbekistonga kelishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys tashkil etiladi


15-yanvar kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Malayziyada hozirda hajga borish navbatini 42 yil kutishga to‘g‘ri keladi. O‘rta hisobda oyiga 100 mingga yaqin Indoneziya fuqarosi Turkiya orqali Umraga qatnamoqda. Bizning ziyoratgohlarimiz ko‘p, u davlatlar uchun muqaddas bo‘lgan Al-Buxoriy, Al-Moturidiy ziyoratgohlari bor.

Malayziya va indoneziyaliklar Makkaga Haj qilishidan oldin qisqa muddat — kerak bo‘lsa bir hafta O‘zbekistonda qolib, ziyoratgohlarimizga tashrif buyurishi va O‘zbekistonda vaqt o‘tkazishi bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan topshiriqlar berildi.

Buning uchun ko‘p qamrovli ishlar olib borilishi kerak. Tashrif buyuradigan mehmonlar uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Buning uchun bizning qo‘mitamiz tomonidan tegishli standartlar ishlab chiqilib, 2018-yildan boshlab mehmonxonalarning 10 foiz xonasida Qur’oni karim kitobi bo‘lishi, 30 foiz xonasida qiblani ko‘rsatuvchi belgilar qo‘yilishi kerak.

Bundan tashqari, ular uchun ko‘plab turlar tashkil qilinishi lozim. Bu borada bizning turistik operatorlarimiz Malayziya va Indoneziya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda. Fevral—mart oylaridan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri Jakarta—Samarqand—Jidda aviareysini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu yuqorida aytilgan rejalarimizni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Ziyorat turizmi haqida gapirganda faqatgina islom davlatlaridan keluvchi sayyohlar haqida o‘ylashimiz kerak emas. Isroilliklar Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilayotganida O‘zbekiston aeroportlaridan tranzit sifatida foydalanmoqda. Hozirgi kunda ikki mingga yaqin sayyoh tranzit qilib O‘zbekistondan o‘tmoqda, lekin ulardan birortasi bu yerda vaqtini o‘tkazmaydi. Bu oqimni 10 mingtaga oshirish uchun isroilliklarga qisqa muddatli vizalar berib, tranzit vaqtida ular O‘zbekistonda kamida 3 kun qolishi uchun ishlar olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyatida buddizmga aloqador ko‘plab obidalarimiz bor. Hozirgi kunda Yaponiya, Koreya, Xitoy davlatlaridan katta qiziqish bildirishmoqda va bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Aziz Abduhakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют