» » Qor o‘ynayotgan Islom Karimov, futboldan chetlatilgan Samvel Babayan, 244,5 mln so‘mlik Malibu va kunning boshqa muhim xabarlari

Qor o‘ynayotgan Islom Karimov, futboldan chetlatilgan Samvel Babayan, 244,5 mln so‘mlik Malibu va kunning boshqa muhim xabarlari


15-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Tarixiy foto: Qor o‘ynayotgan Islom Karimov va uning shaxsiy shifokori. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Birinchi Prezidentning shaxsiy shifokori xotiralarini e’lon qildi.

2. O‘zbekistonda dollar kursi 7 so‘mga, yevro kursi 177 so‘mga oshdi. Shunday qilib, 1 AQSh dollarining rasmiy qiymati ertadan 8146 so‘m 38 tiyinga teng.

3. Musulmonlar idorasi O‘zbekistonning AQSh davlat departamenti tomonidan “diniy erkinliklar buzilayotgan mamlakatlar ro‘yxati”ga kiritilishini “yanglish ish” deb atadi. Bu ro‘yxatdan Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya, Myanma, Eritreya, Sudan va Saudiya Arabistoni ham joy olgan.

4. O‘zbekistonda yanvardan Malibu’ning yangilangan varianti sotuvga chiqdi. Uning narxi — 244,5 million so‘m.

5. O‘FF Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirdi. U “Paxtakor”da faoliyat olib borgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog‘liq hujjatlarga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют