» » Airbus 10 yil ichida ilk bor dunyo aviasozligi yetakchisiga aylandi

Airbus 10 yil ichida ilk bor dunyo aviasozligi yetakchisiga aylandi


Airbus 2017-yil yakunlari tahlilida tijoriy buyurtmalar hajmi bo‘yicha Boeing kompaniyasini ortda qoldirdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Aviakonsern reliziga ko‘ra, Airbus joriy yil uchun 1109, Boeing esa 912 samolyotga buyurtma olgan.

Airbus o‘tgan yil dekabrida, Indigo Partners xususiy aksionerlik fondiga qiymati 49,5 milliard dollar bo‘lgan 430 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha buyurtma tasdiqlanganidan so‘ng raqibidan o‘zib ketdi.

Mazkur bitim noyabrda AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga tashrifi davomida imzolangan 300 laynerdan iborat Boeing megashartnomasini ham ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Airbus 2017-yilda buyurtmachilarga 718 ta samolyot yetkazib berdi. Boeing esa rekord miqdorda — 763 ta havo kemasi ishlab chiqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют