» » Kobuldagi Hindiston elchixonasi hududiga raketa kelib tushdi

Kobuldagi Hindiston elchixonasi hududiga raketa kelib tushdi


Kobulning diplomatik dahasiga ikki raketa kelib tushdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

Ulardan biri Hindiston elchixonasi hududiga kelib tushdi va kompleks ortidagi binoga jiddiy bo‘lmagan zarar yetkazdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, raketa qulashidan so‘ng alangalanish ro‘y bermadi.

Tolo News telekanaliga ko‘ra, ikkinchi raketa Kanada elchixonasi yaqinida portladi. Uning qulashi va portlashida ham hech kimga shikast yetmadi.

Afg‘onistondagi terrorchi guruhlardan hech biri hozircha raketalar otilishi uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют