» » Ustyurtdagi inshootlarni o‘zga sayyoraliklar barpo etganmi?

Ustyurtdagi inshootlarni o‘zga sayyoraliklar barpo etganmi?


O‘zbekiston Milliy axborot agentligi “Ustyurtdagi inshootlarni o‘zga sayyoraliklar barpo etgan...mi?” sarlavhali maqola chop etdi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

Ilm-fanda “nayzasimon inshoot” termini bilan mashhur bo‘lgan Ustyurtdagi katta hajmdagi sirli inshootlar, ya’ni ajoyib ko‘rinishdagi qazilma joylar bugungi kungacha olimlarning turli fikr-mulohazalariga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, mazkur qazilmalar nima maqsadda foydalanilgan, qachon qazilgan, juda katta hajmdagi bu obyektlarni qanday qazishgan va hokazo...

Bu inshootlar fanda ov qilish maqsadida foydalanilgan inshoot sifatida qabul qilingan bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu suv to‘playdigan maxsus joy bo‘lgan, degan fikrni bildiradi.

Obyektlar dastlab 1952-yil taniqli olim Sergey Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan. Ustyurt chinklari chetlarida ko‘plab uchraydigan, tosh plitalardan yig‘ilib, chuqur doira (halqa) qilib yasalgan, alohida o‘ziga mos mazkur inshootlarni S.Tolstov suv yig‘ish uchun emas, balki ov qilish maqsadida qurilgan, degan ilmiy taxminni ilgari surgan va shu fikr doirasida taniqli arxeolog-olim Vadim Yagodin maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada, uzunligi 600—900 metr, eni 400—600 metr, chuqurligi 3 metrgacha qazilgan Ustyurtdagi bu sirli obyektlarning sayg‘oq, qulon, arxar, jayron kabi minglab to‘da-to‘da bo‘lib yuradigan yovvoyi tuyoqli hayvonlarni ommaviy tutish uchun qurilgan inshoot – aran ekanligi tasdiqlandi.

Qo‘ng‘irot hududining madaniy esdaliklarini tadqiqot qilgan etnograf-olim Xojahmad Esberganov esa “bu esdaliklar qadimda ko‘chmanchilarning suv to‘plash uchun qurgan qurilishi bo‘lishi ehtimol” degan fikrni bildiradi. Tadqiqotchining fikricha, ichimlik suvi taqchil bo‘lgan Ustyurt ustida yomg‘ir va qor suvlarini yig‘ish uchun ko‘chmanchi qabilalar shunday qazilmalarni ishlashga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют