» » Belgiyaliklar marhumlar jasadlaridan foydalanib, bog‘larni ko‘kalamzorlashtirmoqchi

Belgiyaliklar marhumlar jasadlaridan foydalanib, bog‘larni ko‘kalamzorlashtirmoqchi


Belgiyaning Mons shahrida Ecolo yashillar partiyasi vakillari marhumlarning jasadidan organik o‘g‘it sifatida foydalanishni taklif qildi. Bu haqda RTBF teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.

Ular tadqiqot ma’lumotlariga asoslanmoqda, unga ko‘ra, bir yildan so‘ng odam jasadi unumdor va ekologik toza o‘g‘itga aylanadi, u esa, partiya vakillari fikricha, bog‘lardan birini ko‘kalamzorlashtirish uchun ayni mos tushadi.

Bundan tashqari, “yashillar” fikricha, jasadni marhumlar xotirasiga daraxt va o‘simliklar o‘stirish uchun qo‘llash mumkin.

Siyosatchilar Mons bunday usul qo‘llaniladigan birinchi shaharga aylanishini istamoqda. Yaqin vaqtlar ichida ushbu masala shahar ma’muriyatida muhokama qilinadi.

Ecolo vakillari odam jasadidan aynan qay tarzda o‘g‘it olmoqchi ekanligiga aniqlik kiritilmayapti. Belgiyada odatda marhumlar jasadlarini krematsiya qilishadi yoki dafn etishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют