» » Toshkentda Xiaomi Redmi Note 5A Prime smartfoni 1,2 mln so‘mdan sotila boshladi

Toshkentda Xiaomi Redmi Note 5A Prime smartfoni 1,2 mln so‘mdan sotila boshladi


O‘zbekistonda Xiaomi Redmi Note 5A Prime smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Bu Xitoy kompaniyasi assortimentidagi arzon smartfonlardan biridir. “Prime” degan qo‘shimchali Redmi Note 5A faqat kengaytirilgan xotirasi bilan farqlanadi (klassik versiyadagi 2/16 Gb o‘rniga, 3/32 Gb).

Yangi qurilmaning asosiy o‘ziga xos jihatlaridan biri bir yo‘la ikkita SIM-karta va bitta microSD xotira kartasini o‘rnatish imkonini beruvchi to‘la-to‘kis slot bo‘ldi.

Telefon 5,5 dyuymli va 1280?720 pikselli, Corning Gorilla Glass qoplamali IPS-ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 16 megapikselli old kamera, 3080 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlandi. Smartfon Android 7.1 Nougat’ga asoslangan MIUI operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentning “Malika” savdo markazida Xiaomi Redmi Note 5A Prime’ni 1,2 million so‘mga xarid qilish mumkin.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют